O‘zbekiston | 17:34 / 13.07.2015
10243
1 daqiqa o‘qiladi

Sergey Lavrov 14 iyul kuni O‘zbekistonga keladi

2015 yilning 14 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
 
O‘zbekiston-Rossiya muntazam muloqoti doirasida Toshkentda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
 
Mazkur muzokaralar davomida ikki tomon kun tartibi va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish