Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 18:19 / 13.07.2015
1581
1 daqiqa o‘qiladi
Shvaynshtayger "MYu" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi
13 iyul kuni Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqida klub veb sayti rasman ma'lum qildi.
Kelishuv uch yilga tuzilgan bo‘lib, transfer qiymati 14.4 million funt sterlingni tashkil qildi. Futbolchining o‘ziga yiliga 10 mln yevro maosh tayinlagan.
"Manchester Yunayted" mening "Bavariya"ni tark etishimga sabab bo‘la oladigan yagona jamoa edi. Men bu yerda yana Lui van Gal bilan birga ishlashdan xursandman", deydi Shvaynshtayger.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish