O‘zbekiston | 09:54 / 13.07.2015
6123
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda 225 mln dollarga yangi sement zavodi quriladi

2015-2017 yillarda Surxondaryo viloyatida umumiy qiymati 21.6 mln dollarni tashkil qiluvchi 47 loyiha amalga oshiriladi. Ulardan 33tasi yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘ysa, 14tasi mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilishga qaratiladi. Loyihalar realizatsiyasi 1 831 ish o‘rni yaratishga imkon beradi.

Shuningdek, tekstil, trikotaj, teri-poyabzal va farmatsevtika sanoatida 63.2 mln dollarlik 37 loyihaning amalga oshirilishi kutilmoqda. Xorijiy investorlar Qumqo‘rg‘on tumanida paypoq ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirishga 1.7 mln dollar ajratadi. Korxona yiliga 800 ming juft paypoq ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

“Pravda Vostoka” gazetasining xabar qilishicha, eng yirik loyihalar qurilish materiallari ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. Asosiy urg‘u temir-beton, to‘shama va pishiq g‘isht ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaratiladi. Dastur 86ta loyihani o‘z ichiga olib, ularning umumiy qiymati 261.3 mln dollarni tashkil qiladi. Bu summaning 86 foizi Sherobod tumanida sement zavodi qurilishiga sarflanadi. Ushbu zavod yiliga 1.5 mln tonna mahsulot yetkazib berish salohiyatiga ega. Bu jihatdan Surxondaryodagi zavod mamlakatdagi sement ishlab chiqaruvchi korxonalar ichida beshinchi o‘rinni egallaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish