Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi neft-kimyo zavodida 2 marta portlash yuz berdi
14 iyul kuniga o‘tar kechasi Fransiya janubidagi Marsel shahri yaqinidagi LyonDellBasell kompaniyasiga tegishli neft-kimyo zavodida portlash yuz berdi. Agence France-Presse nashrining xabar berishicha, jabrlanganlar va talofatlar haqida ma'lumot olishning iloji bo‘lmagan.
Agentlik xabarida yozilishicha, zavod hududida 43 ming kubometr hajmadagi ligroin moddasi zahirasi saqlanadigan qismlarda portlash sodir bo‘lgan.
Mahalliy hokimiyatdagilar hodisa hududidan 1,5 km aylanadagi masofada zaharli moddalar tarqalishi mumkinligidan ogohlantirishgan.