Texnologiya | 07:49 / 14.07.2015
2693
1 daqiqa o‘qiladi

Fujitsu 14 Pb li ulkan hajmga ega saqlagichni namoyish etadi

Fujitsu kompaniyasining yangi Eternus DX8900 S3 ma'lumotlar saqlovchi qurilmasi 13,8 Pb xotira bilan jihozlanadi, deb xabar bermoqda TechTarget portali.

Agar Fujitsu saqlagichining xotirasini an'anaviy o‘lchov birliklariga o‘tkazsak, unda uning hajmi 14 ming Tb dan ko‘proq yoki deyarli 15 mln Gb xotirani tashkil qiladi. Shuningdek, qurilma 67,2 Tb kesh-xotira va 6 Tb operativ xotira bilan ta'minlangan. Bundan tashqari, Fujitsu DX8900 S3 bir soniyada 4 millionta kiritish-chiqarish operatsiyasini bajara oladi va o‘ziga 8192ta xostni ulay oladi.

Kompaniya bu qurilmani joriy yilning avgustida namoyish qilmoqchi. Saqlagichning taxminiy narxi 200 ming dollarni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish