Texnologiya | 13:08 / 14.07.2015
3211
1 daqiqa o‘qiladi

Mark Tsukerberg va'dasini bajarmagani uchun sudga berildi

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg ko‘chmas mulk savdogari Mircha Voskerisyanga bergan va'dasini bajarmagani uchun sudga berildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, chegirma evaziga Tsukerberg biznesmenni Kremniy vodiysi kazolariga tanishtirishi kerak edi. Ular ichida savdogar yangi mijozlar qidirishni niyat qilgan edi. Advokatning ta'kidlanishicha, Tsukerberg tufayli uy uchun 4.3 mln dollar berishga tayyor afrikalik shahzoda bilan shartnoma amalga oshmay qolgan.
O‘z navbatida, so‘zini tutmaganlikda ayblanayotgan boyvachchaning advokatlari bunday shahzodaning borligini shubha ostiga olmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish