Texnologiya | 10:31 / 14.07.2015
3302
2 daqiqa o‘qiladi

Microsoft Lumia yangi flagman smartfonlari iPhone`dan qimmatroq bo‘ladi

Joriy yilda Microsoft Lumia smartfonlari qatori Windows 10 Mobile operatsion tizimida ishlovchi uzoq kutilgan Lumia 940 va Lumia 940 XL flagman modellari bilan to‘ldirilishi kutilmoqda. Bu smartfonlar odatdagidek metall korpuslarda ishlab chiqarilmaydi. Ishlab chiqaruchi metall o‘rniga polikarbonatdan foydalanadi, biroq bu yangi qurilmalar Android va iOS platformalaridagi raqobatchilarinikidan arzonroq bo‘ladi, deganini bildirmaydi. Aksincha, Lumia 940 va Lumia 940 XL smartfonlari Samsung Galaxy S6 va Apple iPhone 6 dan qimmatroq bo‘lishi aytilmoqda.

Ushbu qurilmalarning qimmatligi avvalambor ularda ko‘zning rangdor pardasi skaneri va 20 Mp li uchta vspishkaga ega PureView ilg‘or orqa kameraning qo‘llanishi bilan tushuntirilmoqda. Skaner foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun an'anaviy barmoq izlari sensori o‘rniga xizmat qiladi.

Ikkala modeldagi asosiy farqlar ularning displeylarining o‘lchami va ko‘rsatish qobiliyati hamda chiplaridagi farqdan iborat: Lumia 940 da displey 5,2 dyuym o‘lchamga va 1920 × 1080 piksel ko‘rsatish qobiliyatiga ega hamda Qualcomm Snapdragon 808 protsessori qo‘llangan, Lumia 940 XL displeyi esa 5,7 dyuym o‘lchamga va 2560 × 1440 piksel ko‘rsatish qobiliyatiga ega hamda unda Qualcomm Snapdragon 810 protsessori o‘rnatiladi. Qolgan jihatlar bo‘yicha smartfonlar bir xil ko‘rsatkichlar: 3 Gb tezkor xotira, 32 Gb doimiy xotira va microSD slotiga ega. Ma'lum qilinishicha, qurilmalar Continuum funksiyasi – tashqi monitorga ulanish uchun maxsus adapterni qo‘llab-quvvatlaydi va ular 2016 yilning boshida 100 dollar narxda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Smartfonlarning o‘zi esa noyabrdan sotuvga chiqarilishi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish