Jahon | 09:58 / 14.07.2015
1738
3 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev Ostonada bo‘lib o‘tadigan “EKSPO-2017” xalqaro ko‘rgazmasiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

13 iyulda Nursulton Nazarboyev Ostonada bo‘lib o‘tadigan “EKSPO-2017” xalqaro ko‘rgazmasiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Nazarboyev yig‘ilishda ko‘rgazma obektlarining qurilishi tasdiqlangan jadval bo‘yicha ketayotgani va 2016 yilning avgust-sentabr oylariga yakunlanishini ma'lum qildi.

Qozog‘iston prezidenti ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarning dam olishlarini tashkil etish alohida ahamiyat talab qilishi, sermazmun madaniy dasturning ishlab chiqilishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

Nazarboyev avia- va temir yo‘l chiptalari narxiga EKSPOga bepul tashrifni qo‘shishni buyurdi. Shuningdek, ko‘rgazmani targ‘ibot qilish uchun sayyohlik jamoatchiligi bilan ishlarning faollashtirilishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

Qozog‘iston prezidenti ko‘rgazmadan olinadigan daromad xususida ham to‘xtalib o‘tdi. Nazarboyevning aytishicha, e'lon qilingan qayd qilish hujjatiga ko‘ra, homiylik, chiptalar sotilishi, ovqatlanishni tashkil etish, xizmatlar ko‘rsatishdan 330 mln yevro foyda olish kutilmoqda.

Qozog‘iston prezidenti jahon kompaniyalarining ko‘rgazmaga jalb qilinishi uning nufuziga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, mamlakatga investitsiyalar jalb qilishini ta'kidlab o‘tdi.

Nazarboyev xavfsizlikni ta'minlash masalasi borasida hozirda dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalar barcha ommaviy tadbirlarda terrorchilik xavfining tobora dolzarb muammoga aylantirayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Nazarboyev mamlakat huquq-tartibot muassasalari hozirdanoq bu tadbirga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashlari, tegishli rejalarga ega bo‘lishlari, barcha kuch blokining birgalikda muvofiqlashtirilgan ishi zarurligini ta'kidlab o‘tdi hamda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, “Sirbar” tashqi razvedka xizmatiga ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rishning barcha bosqichlarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha mukammal chora-tadbirlar qabul qilish vazifasini yukladi.

Nazarboyev ko‘ngillilarni sifatli tayyorlash zarurligiga, ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etayotganlarning birgalikda va samarali ishlashi muhimligini ta'kidlab o‘tdi.

Nursultan Nazarboyev o‘z yechimini topishi kerak bo‘lgan bir qator muammolarga e'tiborni qaratdi. Xususan, texnik xarakterdagi muammolar: muammolarning hal qilinishining cho‘zilishi, ishning sust tashkil etilgani, hamjihatlikning yo‘qligi; ko‘rgazma hududidagi yer maydonlaridan nooqilona foydalanilayotganligi, obektlar qurilishi narxlarining oshib yuborilishi va oqibatda mablag‘larning o‘g‘irlanishi kabi muammolarni qayd etib o‘tdi.

Qozog‘iston prezidenti ko‘rgazma uchun qurilayotgan savdo-ko‘ngilochar majmuasini “Jibek Joly” (“Ipak yo‘li”) deb atashni taklif qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish