Jahon | 19:36 / 14.07.2015
6543
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Eronni o‘tgan asrning 60-yillaridagi SSSRga qiyosladi

AQSh prezidenti Barak Obama Eron yadroviy dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan kelishuvga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Obama Eron bilan muzokaralarni o‘tgan asrning 60-yillarida Jon Kennedi va SSSR hukumati o‘rtasida olib borilgan muzokaralarga tenglashtirgan.

"AQSh o‘shanda SSSR bilan atom quroli bo‘yicha muzokaralarda kelishuvga erishgandi. O‘shanda sovetlar bizning yurtimizni yo‘q qilib yuborishga harakat boshlashgandi", deb eslatadi Obama.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron bilan muzokaralarda kelishuvga erishilgani Karib inqirozi kabi dunyo tarixiga kiradi.

Prezident bu kelishuv AQShning xalqaro siyosatdagi an'anaviy omilkorligi evaziga ro‘y berganini ta'kidlab o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish