Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yengil atletikachilar o‘smirlar orasida Kolumbiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etishadi
15 iyul kuni Kolumbiyaning Kali shahrida yengil atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlanadi. Bu musoqabalarda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jamoa tarkibiga bu musobaqalarda ishtirok etishga imkon beradigan me'yorlarni bajargan 7 nafar sportchi kiritildi. Musobaqalar dengiz sathidan 1000 metr balandlikda joylashgan stadionda o‘tkaziladi va yilning bu vaqtida Kolumbiyada havo issiq bo‘ladi.
O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasining ma'lum qilishicha, sportchilarimizdan birinchi bo‘lib Shoxrux Baratov 15 iyul kuni to‘siqlar bilan 400 metrga yugurish musobaqalarida ishtirokini boshlaydi.
17 iyul kuni Jaloliddin Hamroqulov va Anna Shimanis 200 metrga yugurish, Viktoriya Dirdina uch hakkalab sakrash musobaqalarida ishtirok etishadi.
18 iyulda Vladislav Palyunin nayza uloqtirish musobaqalarida ishtirok etadi.
4x400 metrga qizlar va o‘g‘il bolalar aralash estafetasida Anjyela Belova, Elvira Gazizova, Shoxrux Baratov va Jaloliddin Hamroqulov ishtirok etishadi.
Ushbu musobaqalarning o‘tkazilishini 16-18 iyul kunlari soat 12.00-14.00 da va 19 iyulda soat 12.00-14.00 va 00.30-4.45 larda (jonli efir) Yevrosport-2 telekanali orqali kuzatish mumkin.