O‘zbekiston | 15:37 / 14.07.2015
2177
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zLiDeP Farg‘onada oilaviy tadbirkorlikni muhokama qildi

Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Oilaviy tadbirkorlikdan mustahkam oilaga” dasturi realizatsiyasi doirasida o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda o‘z biznes rejalariga ega 45 tadbirkor ayol ishtirok etdi.

Tadbirda ta'kidlanishicha, shu paytgacha o‘tkazilgan seminarlarda 9 ming ayol ishtirok etdi. Tijoriy banklar 350 biznes loyihaga umumiy miqdorda 3 mlrd so‘mlik kreditlar ajratdi. 2015 yili loyihaning faol ishtirokchilariga 1 mlrd so‘m ajratish ko‘zda tutilgan.

Seminar chog‘ida mutaxassislar ishtirokchilari oilaviy biznesning huquqiy va tashkiliy asoslari haqida gapirib berishdi. Bundan tashqari, olingan kreditlardan samarali foydalanish, hujjat ishlarini yuritish borasida ma'lumot berib o‘tildi.

Tadbir davomida biznes loyihalarining taqdimoti o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan ayollar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Quva viloyatidagi “Ziyonur ekspress” korxonasi rahbari Dilorom Salimova shular jumlasidandir. U “Mikrokreditbank” filialidan 30 mdn so‘m kredit olib, non pishiruvchi sex tayyorladi va 7 kollej bitiruvchisini ishga oldi. Keyinchalik uning biznesi yanada kengayib bordi.

Shuningdek, tikuvchilik sohasida o‘z biznesiga ega Dilafruz Umrzoqova ikkinchi marta loyihada ishtirok etdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra u “Mikrokreditbank”ning 25 mln so‘mlik imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikati bilan taqdirlandi.

Seminar yakunida 30 nafar eng biznes loyiha mualliflariga imtiyozli kreditlar olish uchun sertifikatlar topshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish