Jahon | 16:36 / 14.07.2015
3594
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Eron bo‘yicha kelishuvni qo‘llab-quvvatladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Venada Eron yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Bu haqdagi xabarnoma Kremlning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Ilgariroq Eron hamda vositachilar oltiligi yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Eron vakillari kelishuv amalga oshganini tasdiqladi. Yakuniy uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra matbuot anjumani uyushtiriladi.
“Rossiya bugun Venada Eron yadroviy dasturi atrofidagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida erishilgan kelishuvni hamda Eron va oltilik davlatlari tomonidan qabul qilingan qo‘shma harakat rejasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ishonchimiz komilki, bugun dunyo yengil tin oldi”, – deyiladi Putinning bayonotida.
Uning fikricha, muzokara ishtirokchilari barqarorlik foydasiga tanlovni amalga oshirdi:
“Eron yadroviy dasturini, uran boyitishni MAGATE nazorati ta'minlangan taqdirda rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Tehronga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar bekor qilindi. Biz uzoq vaqt shu ishni amalga oshirishga chaqirib keldik. Bu Rossiyaning Eron bilan tinch atom bo‘yicha keng miqyosli loyihalarini amalga oshirish nuqtai nazaridan ham muhimdir”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish