Jahon | 11:32 / 14.07.2015
1955
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Yamanga 46 tonna gumanitar yordam jo‘natadi

Rossiyaning ikkita samolyoti Yamanga gumanitar yordam olib ketadi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Rossiya hukumati topshirig‘iga binoan Yamanga favqulodda vaziyatlar vazirligining ikkita Il-76 yo‘l oladi. Ular qurolli ixtilofda jabr chekkan Yaman xalqiga gumanitar yordam olib ketadi”, – deyiladi matbuot xabarnomasida.
Maxsus reyslar Yaman poytaxti Sano aholisiga 46 tonna gumanitar yordam yetkazadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish