Jahon | 19:48 / 14.07.2015
5873
2 daqiqa o‘qiladi

Snouden haqidagi hujjatli film Rossiyada kassaboplik rekordini o‘rnatdi

“CITIZENFOUR. Snouden haqida haqiqat” hujjatli trilleri Rossiya kinoteatrlaridagi namoyishlarining 4 kuni davomida noijroviy filmlar orasida 2015 yilning eng kassabop filmi bo‘ldi. Bu haqda VGTRK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Film 3 mln rubldan ko‘proq kassa yig‘di va kassaboplik bo‘yicha «Dior va men», «Everest. Mumkin bo‘lmagan narsaga erishib 3D» kabi hujjatli filmlardan o‘zib ketdi. Ushbu film oxirgi 10 yil ichida siyosiy dokumentalistikada eng yaxshi startni namoyish qildi.

Qayd etilishicha, yangi tarixda Rossiyada yozda hali hech qaysi bir hujjatli film bunchalik muvaffaqiyatli boshlanmagan.

Ushbu hujjatli film butun dunyoga AQSh hukumatining o‘z fuqarolari, boshqa davlatlar fuqarolari va rahbarlari orqasidan yalpi kuzatuv olib borganini oshkor qilgan, AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden haqida bo‘lib, Snouden film ijodkorlari bilan maxfiy tarzda Gonkongda uchrashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish