Jahon | 17:19 / 14.07.2015
2766
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya rahbari Eronni muvaffaqiyatli kelishuv munosabati bilan tabrikladi

Suriya prezidenti Bashar Asad Eron Islom respublikasining oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xamaneini va mamlakat prezidenti Xasan Ruhoniyni Vena shahrida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuv munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda SANA agentligi xabar bergan.

Bashar Asad bu siyosatchilarga telegram orqali tabrik yuborgan.

Ilgariroq Eron hamda vositachilar oltiligi yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

Eron vakillari kelishuv amalga oshganini tasdiqladi. Yakuniy uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra matbuot anjumani uyushtiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish