Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Universiada-2015: O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 39 o‘rinda yakunlamoqda
3 iyul kuni Janubiy Koreyaning Kvanchju shahrida boshlangan XXVIII yozgi Universiada o‘yinlari 14 iyul kuni yakunlanadi. Butunjahon Universiada musobaqalari O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatsiz yakunlanmoqda.
Musobaqalarning yopilish marosimi bugun, 14 iyul kuni o‘tkaziladi.
Ayni damda mezbonlar 47ta oltin, 32ta kumush va 29ta bronza (jami 108 medal) bilan birinchi o‘rinni ta'minlashgan.
O‘z navbatida Rossiya terma jamosi ikkinchi o‘rinda joylashgan (34ta oltin, 22ta kumush, 49ta bronza).
Xitoy ham 34ta oltin medal olganiga qaramasdan, qolgan vaqt ichida ruslarga o‘tib keta olmasligi aniq bo‘lib ulgurgan. Shuningdek, bu jamoaga boshqa jamoalar yeta olmasligi kafolatlangan.
Terma jamoalar O K B J
1. Janubiy Koreya 47 32 29 (108)
2. Rossiya 34 39 49 (122)
3. Xitoy 34 22 16 (72)
4. Yaponiya 25 25 35 (85)
5. AQSh 20 15 18 (53)
6. Fransiya 13 9 8 (30)
7. Italiya 11 14 17 (42)
8. Ukraina 8 17 6 (31)
9. Eron 7 2 6 (15)
10. Tayvan 6 12 18 (36)
13 iyul kuni Janubiy Koreyaning Kvanchju shahrida davom etayotgan Butunjahon talabalarining Universiada o‘yinlarida bugun o‘zbekistonlik Yelizavetta Nazarenkova alohida mashqlar bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirok etdi.
Ushbu tajribali sportchi tasma bilan bajariladigan mashqlarda 17.650 ball jamg‘arib, beshinchi o‘rinni band etdi. To‘p bilan bajariladigan mashqlarda Yelizavetta Nazarenkova 17.350 ball bilan 6-o‘rinni egalladi. Bulavada bajariladigan mashqlar bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada esa Yelizavettaning chiqishini hakamlar 17.600 ball bilan baholashdi va yurtdoshimiz yana beshinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, akademik eshkak eshish, yengil atletika, taekvondo (WTF), tennis, qilichbozlik, sport va badiiy gimnastika hamda dzyudo musobaqalarida qatnashgan hamyurtlarimiz birorta medalni qo‘lga kirita olishmadi. Birgina taekvondist Dmitriy Shokin olib bergan oltin medal evaziga O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 39 o‘rinda yakunlamoqda.
Taqqoslash uchun O‘zbekiston talabalaridan iborat terma jamoa 2013 yilda Qozonda bo‘lib o‘tgan Universiada musobaqalarida 2ta oltin, 7ta kumush va 10ta bronza medalini qo‘lga kiritishgandi.