Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi ilk robotlar supermarketi ochiladi
Shu yilning sentabr oyida Guandun provinsiyasining Foshan shahrida dunyodagi ilk robotlar supermarketi ochiladi. Bu haqda "Moya planeta" nashri ma'lum qiladi.
Xabarda aytilishicha, robotlar supermarketi 20 ming kvadrat metr maydonga ega bo‘ladi.
Hozirda ushbu noodatiy loyihani amalga oshirish uchun jadal tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Supermarketda Xitoy va xorijning 30ta taniqli brendi mahsulotlari sotilishi rejalashtirilgan.
Nashrning qayd etishicha, yildan yilga robotlar insonlar kundalik hayotiga chuqur kirib kelmoqda. Robot-changyutgich, basseynlar, kompyuter ekrani, ish stolini tozalovchi robot, choy damlovchi robot va hakozolar bunga misol bo‘la oladi. Shuningdek, xitoyliklarning so‘nggi ixtirosi bu - yolg‘iz qariyalarni parvarishlovchi robot-hamshiradir.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda o‘tgan yili 56 ming sanaot robotlari sotilgan.