Jahon | 10:04 / 14.07.2015
4095
1 daqiqa o‘qiladi

Yatsenyuk: Gretsiya tufayli Ukraina radardan tushib qoldi

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk The Financial Times nashriga bergan intervyusida Gretsiya rahbariyatining fe'l-atvorini tanqid ostiga oldi.
“Bizga yaqin to‘rt yil ichida 25 mlrd dollar va'da qilingan edi, bunda biz Rossiyaga qarshi urushib, iqtisodiyotimizning 20 foizini yo‘qotdik. Gretsiyalik do‘stlarimiz esa, aholisi Ukrainadagiga nisbatan to‘rt barobarga kamroq bo‘lishiga qaramay, 300 mlrd dollar olishdi va yana 60-80 mln olishmoqchi”, – dedi Yatsenyuk.
Uning fikricha, Gretsiya jahon diqqat markazida bo‘lgani bois Ukraina “radarlardan tushib qoldi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish