O‘zbekiston | 17:32 / 15.07.2015
2080
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zfarmsanoat” 56.2 mln dollarga 12ta yangi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

2020 yilga qadar “O‘zfarmsanoat” 56.2 mln dollarga 12ta yangi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Loyihalar 2015-2019 yillarda struktur o‘zgarishlarni ta'minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan.

Dastur farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarishni keskin oshirish hamda taklif qilinayotgan mahsulotlar nomini ko‘paytirishni ko‘zda tutadi. Dori vositalari nafaqat jahonning yetakchi kompaniyalari patentlari va lisenzilari, balki mahalliy tibbiy ishlanmalar asosida ham ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
Loyihalar kompaniya korxonalarining o‘z mablag‘lari (16.6 mln dollar), mahalliy tijoriy banklar (34.1 mln dollar) va xorijiy investitsiyalar va kreditlar (5.5 mln dollar) hisobiga moliyalashtiriladi.
Eng yirik loyiha qiymati 10.7 mln dollar bo‘lib, u 2015-2016 yillarda Pharm Product MChJda turli dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish