Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda mahbuslar uchun planshetlar taqdim etiladi
AQShdagi mahbuslarni tuzatishga ixtisoslashgan JRau xususiy korxonasi qamoqxona mahbuslari uchun maxsus planshet yaratdi. Bu haqda PR Newswire nashri xabar tarqatdi.
JP5mini plansheti Android operatsion tizimi asosida ishlaydi. Mazkur qurilma orqali mahbuslar musiqa eshitishi, film tomosha qilishi va ilovalardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Planshet diagonali 4,3 dyuym bo‘lib, ikki yadroli protsessor, shuningdek zarbaga qarshi himoya vositasi o‘rnatilgan. Unga mustahkam akkumlyator o‘rnatilgan bo‘ladi. Ammo uning ichki xotirasi bor-yo‘g‘i 32 Mbni tashkil qiladi. Ishlab chiqaruvchilarning ta'kidlashicha, mahbuslarning noqonuniy hatti-harakatlarini oldini olish uchun shunday qarorga kelingan.
Planshet birinchi navbatda mahbuslarni tuzatish maqsadida ishlab chiqarilgan. Undagi ilovalar orqali bunga erishish mumkinligiga kompaniya vakillari ishonishmoqda.