Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiqda talonchi yolg‘iz ayolning uyidan 700 ming so‘m o‘g‘irlab ketdi
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi 1958 yili tug‘ilgan Tatyana ismli ayolning uyiga noma'lum shaxs bostirib kerib, unga pichoq bilan tahdid qilib bor pulini berishni talab qildi. Ayol unga 700 ming so‘m pulini va uzugini berdi.
IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, jinoyatchi uydan chiqib ketgach, ayol tegishli organlarga murojaat qilgan. Olib borilgan tezkor tadbir davomida jinoyatchi tezda qo‘lga olingan. U shu shaharda istiqomat qiluvchi 1994 yili tug‘ilgan Maksim ismli yigit bo‘lib chiqdi.