Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hasan Ruhoniy: Yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv Eronning siyosiy g‘alabasi bo‘ldi
Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuv ushbu davlat rahbariyati qo‘lga kiritgan muhim siyosiy g‘alaba bo‘ldi. Bu haqda respublika prezidenti Hasan Ruhoniy bayonot berdi.
“Biz uchun bu jiddiy yutuq, hech kim Eron mag‘lubiyatga uchradi deb ayta olmaydi”, – dedi u mahalliy televideniyedagi chiqishi chog‘ida.
Ruhoniyning ishontirib aytishicha, endi hech qachon Eronga xalqaro tahdid sifatida qaralmaydi.
Ilgariroq Eron hamda vositachilar oltiligi yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Eron vakillari kelishuv amalga oshganini tasdiqladi. Yakuniy uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra matbuot anjumani uyushtiriladi.