Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kasilyas "Portu"da 12 raqamida harakat qiladi
Endilikda "Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas 14 iyul kuni Lissabonga bordi va o‘zining yangi jamoasi bo‘lmish "Portu" rahbariyati hamda muxlislar bilan uchrashdi.
U "Portu" bilan 2 yillik shartnoma imzolagani haqida avvalroq xabar berilgandi.
Jamoa rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, Iker Kasilyasga 12 raqami berilgan. Bu raqam ostida avvalgi mavsumlarda o‘ynagan Fabiano Freytes esa biroz oldinroq, jamoani tark etib, "Fenerbaxche" safiga yo‘l olgandi.
Ma'lumot uchun, "Portu"da birinchi raqam jamoaning ko‘p yillik darvozaboni Eltonga tegishli hisoblanadi.