Jamiyat | 15:09 / 15.07.2015
11276
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada hayit kuni yarim yalang‘och tanalar ishtirokidagi reklama mahsulotlari yopilishi mumkin

17 iyul kuni Moskva shahrida musulmonlarning Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan shahar hokimiyati yarim yalang‘och tanalar tasvirlangan reklama e'lonlarini yopib qo‘yishi mumkin. Bu haqda m24.ru sayti xabar berdi.
Rossiyada Ramazon oyining tugashi va Ramazon hayiti 17 iyul kuni nishonlanadi. Rossiya musulmonlar idorasining saytida ma'lum qilinishicha, shu munosabat bilan Moskva shahridagi masjidlarda hamda shahar hokimiyati tomonidan ajratilgan maxsus maydonlarda bayram tadbirlari tashkil etiladi. Shuningdek, bir qator musulmon jamoatlari ommaviy fitr namozlarini o‘tkazadi.
Joriy yilda tashkil etiladigan tadbir paytida musulmonlar to‘planadigan joylarda diniy odob qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan reklama va mediamateriallarni joylashtirmaslik, mavjudlarini vaqtinchalik yopib qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish