Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 10:00 / 15.07.2015
2185
1 daqiqa o‘qiladi
Mozilla brauzeri Adobe Flash Player plaginini o‘chirib qo‘ydi
Mozilla internet brauzerida endilikda Adobe Flash Player plagini o‘chirib qo‘yiladi. Bu haqda brauzer ta'minoti rahbari Mark Shmidt Twitter tarmog‘idagi mikroblogida xabar qoldirdi.
Plagin ko‘plab kamchiliklarga ega, shu bois Mozilla undan foydalanishdan voz kechishga chaqirmoqda. Firefox orqali plaginni yoqish imkoniyati bo‘lsa ham, ammo standart sozlamalarda u o‘chirib qo‘yilgan. Bloklash plaginning yangi versiyasi chiqqunga qadar davom etadi.
Ilgariroq Flash Player’ni qo‘llashdan Google voz kechdi va YouTube’ni HTML5ga o‘tkazdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish