Jahon | 09:44 / 15.07.2015
2203
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: Eron bilan kelishuv unda yadroviy qurol bo‘lmasligining kafolatidir

Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuv ushbu davlat yadro quroliga ega bo‘lmasligini kafolatlaydi, deb hisoblaydi AQSh prezidenti Barak Obama.

“Biz kelishuvni Eronda rejim o‘zgarishi amalga oshish-oshmasligiga qarab baholamaymiz. Biz uni Eron bilan bog‘liq muammolarni hal qila olish-olmasligimizga ko‘ra baholamaymiz. Biz uni Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligiga qarab baholaymiz”, – uning so‘zlarini keltiradi The New York Times gazetasi.

Ilgariroq Eron hamda vositachilar oltiligi yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Eron vakillari kelishuv amalga oshganini tasdiqladi. Yakuniy uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra matbuot anjumani uyushtiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish