Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Saudiya qiroli bilan Eron bo‘yicha kelishuvni muhokama qildi
AQSh prezidenti Barak Obama Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz as-Saud bilan telefon orqali Eron yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuvni muhokama qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Bundan tashqari, ikki davlat rahbari Yamandagi ixtilof o‘chog‘ida gumanitar kanallar ochilishi zarurligi borasida bir to‘xtamga keldi.
Ilgariroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Obama bilan telefon muloqoti chog‘ida ushbu kelishuv Isroil va butun dunyoning xavfsizligiga tahdid bo‘lishini aytgan edi.