Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston: Eron bo‘yicha kelishuv yadroviy qurol tarqatmaslik rejimini mustahkamlashi mumkin
O‘zbekiston Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishilishi mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta'minlashga, shuningdek, yadroviy qurol tarqatmaslik tartibiga yordam berishi mumkin. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralar chog‘ida aytib o‘tdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Venadan Toshkentga tashrif buyurdi. Venada u yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etgan edi.
Shuningdek, Komilov Lavrovning muzokara jarayonida faol ishtirok etganini va kelishuvga erishish yo‘lida ko‘p kuch sarflaganini ta'kidlab o‘tdi.