O‘zbekiston | 17:33 / 15.07.2015
2592
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya sertifikatsiya sohasida hamkorlik qiladi

8 iyul kuni “O‘zstandart” agentligida “Respublika tajriba va sertifikatlash markazi” davlat korxonasi va Koreya tajriba va tadqiqot instituti (Korea Testing & Research Institute) o‘rtasida hamkorlik memorandumining imzolanishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
Koreya delegatsiyasi rahbari, kompaniyaning yangi prezidenti doktor Choy Xyungki O‘zbekistonga qiziqish katta ekanligini bildirib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish niyati borligini ma'lum qildi.
Koreya tomondan, shuningdek, marosimda global strategiya bo‘limi bosh direktori Kang Kyungjun, uning o‘rinbosari Panchuk Karina va menejyer Kox Jayexo ishtirok etdilar.
Ushbu kelishuv mahsulot va xizmatlar sifatini baholash, tajriba qilish va sertifikatlash sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish