Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pablo Aymar futbolchilik faoliyatini yakunladi
Argentina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Pablo Aymar o‘z futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Canchallena nashrida yozilishicha, futbolchining tizzasidagi jarohat bunga sabab bo‘lgan.
U biroz oldinroq, "River Pleyt" jamoasining yangi futbolchisi sifatida tanishtirilgandi. Ammo bu jamoaning bosh murabbiyi Marselo Galyardi uning asosiy tarkibga kiritilmasligini aytgan va Aymar butsalarini mixga olishga qaror qilgan.
Ma'lumot uchun, ayni damda 35 yoshda bo‘lgan Pablo Aymar o‘zining yorqin futbolchilik faoliyati davrida "Valensiya" sharafini himoya qilgan, keyinchalik "Saragosa" va "Benfika" jamoalari safida to‘p surgandi.