Sport | 12:06 / 15.07.2015
1877
2 daqiqa o‘qiladi

Rahim Sterling: "Manchester Siti" har mavsumda sovrin yutadigan jamoa

14 iyul kuni "Liverpul"dan "Manchester Siti"ga transfer qilingani rasman ma'lum bo‘lgan 20 yoshli angliyalik vinger Rahim Sterling o‘zinig yangi jamoasi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bu men uchun va mening oilam uchun yoqimli vaziyat. Men barchasi yakunlanganidan xursandman. Endi yangi jamoam bilan mashg‘ulotlarda qatnashish va maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman.

Men "Manchester Siti"ni dunyo darajasidagi eng kuchli jamoalardan biri sifatida bilaman va bu jamoa yildan yilga sovrinlarini ko‘paytirib borishiga ishonaman.

Jo Xart bilan gaplashganimda, u menga bu jamoaning qanday muxlislari borligi haqida gapirib berdi. Endi men bu muxlislar uchun o‘ynayman.

Rafael Benitesga 15 yoshdaligimda ishonch bildirib, "KPR"dan "Liverpul"ga olib o‘tgani uchun minnatdorchilik bildiraman. U va Kenni Dalglish menga ishonch bildirib, shu darajamga yetishishimda muhim o‘rin tutishdi.

Shuningdek, Brendan Rodjyersga asosiy tarkibda maydonga tushirib, yuqori saviyaga chiqishimga imkoniyat yaratib bergani uchun rahmat aytaman", deydi Rahim Sterling.

Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" Sterlingni uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, 49 mln funt evaziga "Liverpul"dan xarid qilib, u bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Endi Sterling bu jamoa safida 7 raqam ostida to‘p suradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish