Jamiyat | 14:54 / 15.07.2015
7935
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada hayit 17 iyul kuni nishonlanadi

Rossiyada Ramazon oyining tugashi va Ramazon hayiti 17 iyul kuni nishonlanadi. Rossiya musulmonlar idorasining saytida ma'lum qilinishicha, shu munosabat bilan Moskva shahridagi masjidlarda hamda shahar hokimiyati tomonidan ajratilgan maxsus maydonlarda hayit namozlari tashkil etiladi.

Hayit namozi Moskvaning quyidagi masjidlarida o‘tkaziladi:

Moskva jome masjidida mahalliy vaqt bilan soat 7:00da. Manzil: Prospekt Mira metrosi, Vypolzov, 7-uy;
Poklonnaya goradagi xotira masjidida soat 5:00da. Manzil: "Park Pobedy" metrosi, Minsk ko‘chasi, 2 B uy;
“Yardem” masjidida soat 7.00da. Manzil: Otradnoye metrosi, Xachaturyan ko‘chasi, 8-uy;
Tarixiy masjidda saot 9.00da. Manzil: Novokuznetskaya metrosi, Bolshaya Tatarskaya ko‘chasi, 28-uy;
“Milost” musulmon jamoasi, mahalliy vaqt bilan soat 7.30da. Manzil: Buninskaya alleya metrosi, Yujnobutovskaya ko‘chasi, 96-uy, FOK “Izumrudnyy”;
Musulmanskaya obshchina “Risalyat” musulmon jamoasi, soat 8.30da. Manzil: Dmitrovskaya metrosi, Ogorodnyy proyezd, 5-uy;
“Kyausar” musulmon jamoasi, soat 6.30da. Manzil: Kolomenskoye metrosi, Nagatinskaya poyma, Oktyabr 60-yilligi bog‘i, Moskva hokimiyati ajratgan maxsus chodirda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish