Iqtisodiyot | 09:42 / 15.07.2015
3483
1 daqiqa o‘qiladi

Starbucks Janubiy Afrikada kahvaxona ochadi

Starbucks kompaniyasi JARda birinchi kahvaxonasini ochishini ma'lum qildi. Bu haqda CNBC kanali xabar bermoqda.

Aytilishicha, Taste Holdings kompaniyasi bilan kelishuvga erishilganidan so‘ng qahvaxona 2016 yilning birinchi yarmida Yoxannesburgda ochiladi.

Ayni paytda kompaniya jahonning 65 mamlakatida o‘z qahvaxonalariga ega. Afrikada kompaniya hozircha faqat Marokash va Misrda qahvaxonalar ochgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish