Jahon | 18:06 / 15.07.2015
5873
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy hayit kuni Qirg‘iziston chegarasidagi o‘tish punktlarini yopadi

Xitoy bir necha kunga Qirg‘iziston bilan chegaralarini yopib qo‘yadi. Bu haqda Qirg‘iziston chegara xizmati jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi vakillari xabar berdi.
Aytilishicha, chegara Xitoy tomonning tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladi.
“Iyd al-Fitr (Ramazon hayiti) bayrami munosabati bilan ikki davlat chegarasidagi 18-20 iyul kunlari “Torug‘art-avtoyo‘l”, “Irkishtom-avtoyo‘l” nazorat o‘tkazish punktlari ishlamaydi”, – deyiladi xabarnomada.
Punktlar 21 iyuldan ishlay boshlaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish