Light | 14:33 / 16.07.2015
6137
1 daqiqa o‘qiladi

16 iyul kuni Toshkentdagi 6ta masjidda xatmi Qur'on yakunlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limining xabar qilishicha, 16 iyul kuni Toshkentdagi quyidagi masjidlarda xatmi Qur'on yakunlanishi rejalashtirilgan:

Uchtepa tumanidagi “Burhoniddin Marg‘iloniy” jome masjidi imom-xatibi Yusufxon Rustamov, xatmonada Jamshid qori Yusupov;

Yashnobod tumanidagi “Al-Hudaybiya” jome masjidi imom-xatibi Jamoliddin Madg‘oziyev, xatmonada Ne'matulla qori Xodjayev va Muxiddin qori Xodjayev;

Chilonzor tumanidagi “Sobitxon hoji” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor Yunusov, xatmonada Ziyodillo qori Shodmonov;

Chilonzor tumanidagi “Novza” jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin Hamroqulov, xatmonada Abdusamad qori;

Chilonzor tumanidagi “Qatortol” masjidi imom-xatibi Abror Alimov;

Yunusobod tumanidagi “Omina” jome masjidi imom-xatibi Muhammadboqiy Hazratqulov, xatmonada Rahmonjon qori Mahkamov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish