Sport | 12:57 / 16.07.2015
1233
1 daqiqa o‘qiladi

«Atletiko» Jyekson Martines sotib olinganini tasdiqladi

"Atletiko" klubi "Portu" jamoasi hujumchisi Jyekson Martines sotib olinganini rasman e'lon qildi. Bu haqida jamoaning rasmiy sayti xabar tarqatdi.

28 yoshli futbolchi madridliklar bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekkan.

Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" Martines uchun 35 million yevro evaziga transfer qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish