Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blatter Rossiyaga tashrifi paytida Putin bilan uchrashishni so‘radi
Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko FIFA prezidenti Yozef Blatter Rossiyaga 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining qur'a tashlash tadbirida ishtirok etish uchun kelishini ma'lum qildi. Blatter tashrifi paytida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni so‘radi.
“Blatter qur'a tashlash marosimiga keladi. Biz kecha u bilan buni muhokama qildik va u kelishini tasdiqladi hamda dasturga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvni kiritishni so‘radi”, deb aytdi Mutko.
Ma'lumot uchun, 2 iyun kuni Blatter FIFA prezidenti lavozimini tark etishini e'lon qilgandi.