Jamiyat | 14:59 / 16.07.2015
3894
1 daqiqa o‘qiladi

Chegaradan noqonuniy o‘tib qaytgan Qirg‘iziston fuqarosi Toshkentda hibsga olindi

1976 yili Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida tug‘ilgan Azamat Husanov davlat chegarasini ikki marta qasddan buzganlikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Husanov 2011 yili Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida Qirg‘iziston fuqarolik pasportini yo‘qotib qo‘ygan. Uni tiklash uchun u Xonobod chegara postini chetlab, aylanma yo‘ldan O‘zbekistondan Qirg‘izistonga o‘tgan.
U 2013 yili hujjatlarini tiklab, yana noqonuniy ravishda O‘zbekistonga o‘tgan. Bu bilan u ikki marta chegarani buzgan.
2014 yilning fevralida Husanov Toshkent shahrida Shayxontohur tuman IIB XChK va FRB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbirda qo‘lga olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish