Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronga nisbatan 10 yil davomida yengillashtirilgan sanksiyalar qo‘llanadi
BMT Xavfsizlik kengashining Eron bo‘yicha rezolyutsiyasi loyihasi barcha sanksiyalarning 10 yildan keyin bekor qilinishini ko‘zda tutadi. Bu davr ichida mamlakat Venada erishilgan kelishuvga qay darajada rioya qilishi tekshirib boriladi. Bu rezolyutsiya loyihasining TASS agentligiga taqdim etilgan nusxasidan ma'lum bo‘ldi.
Hujjatga ko‘ra, MAGATEning Eron tomonidan kelishuvning barcha shartlari amalga oshirilgani haqidagi hisobotning berilishi bilan yadroviy dastur bo‘yicha Xavfsizlik kengashi qabul qilgan barcha qarorlar kuchini yo‘qotadi. Shu bilan birga, Eronga texnologiyalar, asbob-uskuna va harbiy texnika taqdim etishga imkon tug‘diradigan yangi, yengillashtirilgan cheklovlar kuchga kiradi. Bundan tashqari, yadroviy dastur va kemasozlik bilan bog‘liq 30 kishi moliyaviy cheklovlar ro‘yxatidan chiqariladi.
Oradan 10 yil o‘tib, ushbu rezolyutsiyaning barcha holatlari amaldan chiqariladi. Xavfsizlik kengashi yadroviy dasturni ko‘rib chiqishni tugatadi va shundan so‘ng yadroviy qurol tarqatmaslik kengash kompetensiyasidagi masalalar ro‘yxatidan chiqariladi.