Jahon | 17:58 / 16.07.2015
12787
1 daqiqa o‘qiladi

Fastfud chiroqlari ostida ko‘chada dars qilayotgan filippinlik bolakay butun dunyodan moddiy yordam olmoqda

Filippinning Mandaue shahrida talaba qiz Joys Gilos-Torrefranka olgan suratni butun dunyoni aylanib chiqib, qashshoq bolakayning hayotini o‘zgartirib yubordi.

9 yoshli Daniel Kabrera mahalliy McDonald’s chiroqlari ostida, ko‘chadagi kursi ustiga maktab ashyolarini qo‘ygancha dars qilayotgan edi. Uning otasi vafot etgan, bolakay onasi Kristina Espinoza bilan uylari yonib ketgani bois ochiq kiosk ichida yashab kelardi. Shunga qaramay, bola o‘qishga jiddiy e'tibor berar, kelajakda politsiyachi bo‘lishni orzu qilar edi.

Internetga joylashtirilgan surat dunyoning turli burchaklaridan unga moddiy yordam oqib kela boshladi. Onasi homiylardan o‘z biznesini ochish uchun grant oldi, Danielga esa maxsus stipendiya taqdim etildi. Bundan tashqari, mahalliy huquq-tartibot organlari xodimlari oila uchun oziq-ovqat mahsulotlari to‘plab berishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish