Iqtisodiyot | 22:23 / 16.07.2015
2235
1 daqiqa o‘qiladi

Intel daromadlari axborot markazlari hisobiga oshmoqda

Intel kompaniyasining 2015 yilning 2-choragidagi daromadlari axborot markazlari qurilishi va buyumlar interneti rivojlantirilishi hisobiga kutilgandan ko‘ra yuqoriroq bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Korporatsiyaning kompyuterlar uchun protsessorlar ishlab chiqarishdan olgan tushumi 13,5 foizga kamayib, 7,54 mlrd dollarni tashkil qildi. Biroq korporatsiyaning server segment va axborot markazlari uchun yuqori unumdorlikka ega protsessorlar ishlab chiqarishidan olgan tushumi 9,7 foizga oshib, 3,85 mlrd dollarni tashkil qildi.

Korporatsiyaning sof daromadi avvalgi yilgi 2,8 mlrd dollardan 2,71 mlrd dollargacha tushib ketdi, biroq kapital xarajatlar kamaytirilgani hisobiga bitta aksiya hisobida daromadni 0,55 dollar darajasida ushlab qolishga muvaffaq bo‘lindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish