Jahon | 10:46 / 16.07.2015
3020
1 daqiqa o‘qiladi

Katta Jorj Bush bo‘yin umurtqasini jarohatlab oldi

AQShning sobiq prezidenti Katta Jorj Bush o‘zining Kennebankport shahridagi (Men shtati) uyida yiqilib tushib, bo‘yin qismi umurtqasini jarohatlab olgan. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Ayni vaqtda u Portlenddagi shifoxonaga olib borilgan. Uning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.

"15 iyul kuni AQShning 41 prezidenti Men shtatidagi uyida yiqilib, bo‘yin umurtqasini jarohatladi. Hozirda uning ahvoli barqarorlashgan", deb tvitterda yozadi sobiq prezidentning vakili Jim Mak-Grat.

Qayd etish joizki, o‘tgan haftada 91 yoshli Katta Jorj Bush rafiqasi Barbara xonim bilan o‘zining ikkinchi o‘g‘li Jyeb Bushning saylovoldi kampaniyasi doirasidagi bir qancha marosimlarda ishtirok etgandi.

U 2014 yilning dekabrida ham nafas olish yo‘llaridagi muammo tufayli shifoxonaga tushib qolgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish