Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya harbiy-texnik sohada hamkorlik qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazgan
Joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston va Rossiya harbiy organlari ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazgan. Bu haqda Sergey Lavrov Toshkent shahriga tashrifi vaqtida o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilgan.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini zamonaviylashtirishga qaratilgan dastur doirasida amalga oshiriladi.
"Asosiy muzokaralar o‘tgan oyda o‘tkazilgan, muzokaralarda o‘zaro hamkorlikning o‘ziga xos jihatlari muhokama qilingan", deydi Lavrov.