Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yuqori sinf o‘quvchilari Xalqaro matematika olimpiadasida sovrinli o‘rinlarni egallashdi
O‘zbekistonlik uch nafar maktab o‘quvchisi 4-16 iyulda Tailandda bo‘lib o‘tgan 56-Xalqaro matematika olimpiadasining sovrinli o‘rinlarini qo‘lga kiritishdi.
Sardor Bozorboyev, Jamshid Yaxshiyev va Abbos Muhammadov olimpiadaning bronza medallarini qo‘lga kiritdilar, Xurshid Jo‘rayev va Ruslanbek Ozodboyev faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Xalqaro matematika olimpiadasi har yili biror davlatda turli mamlakatlar yuqori sinf o‘quvchilari orasida o‘tkaziladigan matematika bo‘yicha jahon chempionati hisoblanadi.
Birinchi Xalqaro matematika olimpiadasi 1959 yilda 7 davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan. Oxirgi yillarda bu olimpiadada 100 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etmoqdalar.