Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Donbassning maqomi to‘g‘risidagi konstitutsion o‘zgartishlarni Radaga kiritdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbassning maqomi to‘g‘risidagi konstitutsion o‘zgartishlarni Oliy Rada muhokamasiga kiritdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
1 iyul kuni kiritilgan loyiha matnida Donbass tilga olinmagan edi, ammo tahrirdan o‘tgan variantda “2015 yil 12 fevralidagi Minsk kelishuvlarini ijro etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” inobatga olingani ta'kidlangan.
“Ukrainskaya pravda” nashrining yozishicha, o‘zgartishlar Ukrainaga Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha AQSh davlat kotibi Viktoriya Nulandning tashrifi chog‘ida kiritilgan.