Sport | 17:46 / 16.07.2015
1814
1 daqiqa o‘qiladi

Robino «Guanchjou» bilan shartnoma imzoladi

"Guanchjou" klubi rasmiy saytida Braziliya terma jamoasi hujumchisi Robino bilan shartnoma imzolangani haqida xabar paydo bo‘ldi.

O‘ttiz bir yoshli futbolchi bilan shartnoma olti oy davom etishi ko‘zda tutilgan. Hujumchi o‘tgan mavsum "Milan"dan ijara asosida "Santos"ga o‘tgan va 16 o‘yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Robino yangi jamoasida 60-raqam ostida to‘p suradi. Eslatib o‘tamiz, "Guanchjou"ni Braziliya terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi sobiq bosh murabbiyi Luiz Felipe Skolari boshqarmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish