Jamiyat | 17:54 / 16.07.2015
2880
1 daqiqa o‘qiladi

Tulada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining ish beruvchisi qo‘lga olindi

Tula viloyati politsiyasi besh nafar mehnat muhojirining o‘limida ayblanayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati Andrey Yartsev Interfaks agentligiga ma'lumot berdi.
11 iyul kuni Lenin tumanidagi Belikovo qishlog‘ida polietilen paketlariga o‘ralgan uchta tana topildi. Ular is gazidan zaharlanib o‘lgani aniqlandi.
Moskva viloyatida yana ikkita murda topildi.
Tergovning aniqlashicha, ular qurilish brigadasining a'zolari bo‘lgan. Ehtiyotsizlik tufayli kelib chiqqan o‘limlarni yashirish maqsadida ularning sheriklari yoki ish beruvchilari jasadlarni paketlarga o‘rab tashlab ketgan bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish