Sport | 10:30 / 16.07.2015
1495
1 daqiqa o‘qiladi

"Yuventus" Vidalni 40 mln yevro evaziga "Bavariya"ga transfer qiladi

"Yuventus" va "Bavariya" jamoalari chililik yarim himoyachi Arturo Vidalning transferi borasida muzokaralarda kelishuvga erishgan.

Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, 28 yoshli ushbu futbolchi uchun 40 mln yevro to‘lanadi. Vidalning agenti Myunxenga shaxsiy shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazish uchun jo‘nab ketgan.

Xabar qilinishicha, Vidalga 4 yillik shartnoma bo‘yicha har yili 6,5 mln yevrodan maosh to‘laydi.

Ma'lumot uchun, Vidal o‘tgan mavsumda "Yuventus" bilan Italiya chempionatining 28 o‘yinda maydonga tushgan hamda 7ta gol urib, 4ta golli pas uzatgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish