Jahon | 17:38 / 17.07.2015
2858
1 daqiqa o‘qiladi

Afinada kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Gretsiya poytaxtining sharqida kuchli o‘rmon yong‘ini kelib chiqdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Shamol tufayli yong‘in tezda katta hududni qamrab oldi. Yong‘inni o‘chirishga samolyot va vertolyotlar yuborildi. 

Yong‘inga qarshi qurashayotgan yetti o‘t o‘chirish samolyotidan biri favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi, ammo uchuvchilarga zarar yetmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish