Jamiyat | 11:13 / 17.07.2015
16380
1 daqiqa o‘qiladi

Ahmadjon Meliboyev: Millioner bo‘lganimda kinochilarga kino olishmasligi uchun haqini berardim

Tajribali jurnalist va pedagog Ahmadjon Meliboyev "Darakchi" gazetasiga bergan intervyusida ba'zi o‘zbek kinoijodkorlari va estrada olami vakillarini tanqid qilib o‘tdi.

"Agar men millioner bo‘lganimda, kino ishlayotganlarning 20tasini chaqirib, 15 yillik pulini berardim va kino olmay turishlarini so‘rardim", deydi Ahmadjon Meliboyev.

U shuningdek, "Mango" guruhining "Pistani qanday chaqarlar?" qo‘shig‘i va qo‘shiq klipini qattiq tanqid qilib o‘tgan.

"Televizorning bir kanalida "Mango" guruhining "pista qanaqa chaqiladi" klipini rosa tanqid qilishyapti, boshqa kanalda esa aynan shu "ijod namunasi"ni efirga berishyapti. Shuningdek, bugungi kunda yosh qizchalarni, bolalarni "jilpillashga", "qilpillashga" o‘rgatib qo‘yayapmiz. Ertaga sahnani shularga qoldiradigan bo‘lsak, bularning tarbiyasi bugundanoq shu zaylda davom etsa, kelajakda qanday bo‘lishini tasavvur qilavering. Qo‘shiqqa xiyonat qilmaylik", deydi Meliboyev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish